Daryo

Zinedin Zidan: Ronaldu sotilmaydi, u “Real”ning yuragi, qalbi hisoblanadi

“Men shu yerda ekanman, Ronaldu hech qayoqqa ketmaydi”, — deya ta’kidlagan Zidan

1 daqiqa o‘qish11 668 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AFP

“Real” (Madrid) bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoadagi muhit haqida gapirib berdi, shuningdek, hujumchi Krishtianu Ronaldu klubni tark etmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.

Foto: AFP

Krishtianu Ronaldu

U sotilmaydi, chunki jamoamizning yuragi, qalbi hisoblanadi. Men shu yerda ekanman, u hech qayoqqa ketmaydi.

Jamoa haqida

Jamoa bir maqsad yo‘lida to‘la jamlangan va yaxshi faoliyat olib bormoqda. Hozirgacha o‘tkazilgan uch mashg‘ulot men uchun, ayniqsa ular uchun yaxshi bo‘ldi. Tarkib borasida hech narsa aytmayman. Hujumkor uchlik aniq maydonga tushadi, qolganini keyin ko‘ramiz.

Isko va Xames

Ular juda yaxshi va muhim o‘yinchilar. Vazifam — ularni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash. Albatta, kimdir boshqalarga nisbatan ko‘proq o‘ynaydi, ammo jamoa — eng muhimi.

Domenek 

Uning o‘z fikri bor va bu g‘ayrioddiy holat emas. U haqda qanday fikrda ekanligimni yaxshi biladi, shu sababli Domenek haqida boshqa aytadigan gapim yo‘q.

Yanvar oyidagi transferlar

Kimdir ketishini istamayman va umid qilamanki, hech kim ketmaydi. Undan tashqari, yangi futbolchilar sotib olishni ham rejalashtirmaganman. Yaxshi jamoam bor, ular bilan ishlashda davom etaman.

Hujumkor uchlikning himoyalanishi

To‘p bizda bo‘lmaganida barcha birgalikda harakat qiladi. Ikki-uch futbolchi himoyada ishtirok etmasligiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar