Daryo

“Real” “Malmyo”ga 8 ta gol urdi, “Manchester Yunayted” YeChL pley-offiga chiqa olmadi

Krishtianu Ronaldu poker, Karim Benzema xet-trik qayd etgan uchrashuvda “Qirollik klubi” 8:0 hisobida g‘alaba qozondi

1 daqiqa o‘qish9 298 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Real Madrid” FK

Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichida so‘nggi 6-tur uchrashuvlari boshlandi. 8-dekabr oqshomida to‘rtta guruhda sakkizta o‘yin bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi “Olamsport”.

Foto: “Real Madrid” FK

Madridning “Real” klubi “Santyago Bernabeu” stadionida guruh autsayderi Shvetsiyaning “Malmyo” jamoasini qabul qilib, muxlislariga gollar shousini uyushtirib berdi. Krishtianu Ronaldu poker, Karim Benzema xet-trik qayd etgan uchrashuvda “Qirollik klubi” 8:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“B” guruhida “Volfsburg”ga mag‘lub bo‘lgan “Manchester Yunayted” 3-o‘rin bilan cheklandi va yevrokuboklardagi ishtirokini Yevropa Ligasida davom ettiradigan bo‘ldi. Ushbu guruhdan “Volfsburg” va “PSV” pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. SSKA uchun esa yevrokuboklar yakunlandi.

YeChL. Guruh bosqichi. 6-tur.

A guruhi

Real (Ispaniya) – Malmyo (Shvetsiya) 8:0 (3:0) Gollar: 1:0 – 12 Benzema, 2:0 – 24 Benzema, 3:0 – 39 Ronaldu, 4:0 – 47 Ronaldu, 5:0 – 50 Ronaldu, 6:0 – 58 Ronaldu, 7:0 – 70 Kovachich, 8:0 – 74 Benzema. PSJ (Fransiya) – Shaxtyor (Ukraina) 2:0 (0:0) Gollar: 1:0 – 57 Lukas, 2:0 – 86 Ibragimovich.

B guruhi

PSV (Gollandiya) – SSKA (Rossiya) 2:1 (0:0) Gollar: 0:1 – 76, penalti Ignashevich, 1:1 – 78 de Yong, 2:1 – 85 Propper. Volfsburg (Germaniya) – Manchester Yunayted (Angliya) 3:2 (2:1) Gollar: 0:1 – 10 Marsyal, 1:1 – 13 Naldo, 2:1 – 29 Viyeyrinya, 2:2 – 82, avtogol Gilavogi, 3:2 – 84 Naldo.

C guruhi

Benfika (Portugaliya) – Atletiko (Ispaniya) 1:2 (0:1) Gollar: 0:1 – 33 Saul, 0:2 – 55 Vyetto, 1:2 – 75 Mitroglu. Galatasaroy (Turkiya) – Astana (Qozog‘iston) 1:1 (0:0) Gollar: 0:1 – 62 Tvumasi, 1:1 – 64 Inan.

D guruhi

Sevilya (Ispaniya) – Yuventus (Italiya) 1:0 (0:0) Gol: 1:0 – 65 Lyorente.

Manchester Siti (Angliya) – Borussiya M (Germaniya) 4:2 (1:2)
Gollar: 1:0 – 16 Silva, 1:1 – 19 Korb, 1:2 – 42 Raffael, 2:2 – 79 Sterling, 3:2 – 81 Sterling, 4:2 – 85 Boni.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar