Daryo

Yozef Blatter bir o‘limdan qolganini ma’lum qildi

Blatter noyabr boshida kasalxonaga yotqizilgan. G‘arb OAVlari yozishicha, bunga emotsional zo‘riqish sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish7 812 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning ishdan chetlatilgan prezidenti Yozef Blatter yaqinda bir o‘limdan qolganini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: AP

Blatter noyabr boshida kasalxonaga yotqizilgan. G‘arb OAVlari yozishicha, bunga emotsional zo‘riqish sabab bo‘lgan. 79 yoshli shveysariyalik shifoxonadan 12-noyabrda chiqarilgan.

“Men o‘limga juda yaqin holatda edim… Bosim juda katta edi. Qaysidir bosqichda tana ‘yo‘q’, ‘yetarli’ deydi. Ammo ruhiy jihatdan kuchli bo‘lsangiz, bunga qarshilik ko‘rsata olasiz”, — dedi Blatter.

Eslatib o‘tamiz, noyabr boshida Blatter shifoxonaga yotqizilgani xabar berilgan, biroq buning sababi ma’lum qilinmagan edi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar