Daryo

“Barselona” Madridda o‘tgan El-Klasikoda “Real”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi

Mazkur g‘alabadan so‘ng, “Barselona” La Ligadagi peshqadamligini yanada mustahkamladi

1 daqiqa o‘qish13 818 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter / @barcastuff

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati 12-turi doirasida 21-noyabr, shanba kuni Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida “Real Madrid” — “Barselona” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter / @barcastuff

O‘yin 4:0 hisobida “Barselona” g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Mehmonlarga g‘alaba keltirgan gollar Luis Suares (11-, 74-daqiqalar), Neymar (39) va Andres Inesta (53) hisobiga yozildi.

Uchrashuv asosiy vaqti yakunlanishiga 6 daqiqa qolganida, bosh hakam David Borbalan Neymarga qarshi qo‘pol o‘ynagan “Real Madrid” vakili Iskoni maydondan chetlatdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng, “Barselona” 30 ochko bilan La Ligadagi peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi. “Real Madrid” esa “Betis” — “Atletiko Madrid” uchrashuvidan so‘ng uchinchi o‘ringa tushib ketishi mumkin.

Ispaniya chempionati
12-tur uchrashuvi

“Real Madrid” — “Barselona” 0:4 (0:2)
Gollar: Luis Suares (11, 74), Neymar (39), Andres Inesta (53).
Chetlatish: Isko (84).

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar