Daryo

Mali poytaxtidagi mehmonxonaga hujum uyushtirildi, otishmalar davom etmoqda

Noma’lum shaxslar mehmonxonadagilarni garovga olgan bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish7 860 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Qurollangan noma’lum shaxslar Mali poytaxti Bamako shahrida joylashgan Radisson Hotel Bamako mehmonxonasiga hujum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

“Hodisa yettinchi qavatda ro‘y berdi, jangarilar yo‘lakda o‘t ochdi”, — dedi Agence France-Presse agentligiga Mali xavfsizlik kuchlaridagi manba.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari 190 ta xonasi bor mehmonxonani qurshab olgan. Hozirgi vaqtda mehmonxonada otishmalar davom etmoqda. Reuters’ning xabar berishicha, noma’lum shaxslar mehmonxonadagilarni garovga olgan bo‘lishi mumkin.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar