Daryo

Kim Chen In Koreyaning mashhur harbiy rahbari dafn marosimida qatnashdi

Koreya xalq armiyasi marshali Li Il Sol 6-noyabr kuni 95 yoshida o‘pka saratonidan vafot etdi

1 daqiqa o‘qish8 982 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Vesti.ru”

KXDRning davlat, partiya va harbiy sohasi yetakchi arboblari Kim Chen In boshchiligida mamlakatning mashhur harbiy rahbari, Koreya xalq armiyasi marshali Li Il Solning dafn marosimida ishtirok etdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.

Foto: “Vesti.ru”

Li Il Sol 6-noyabr kuni 95 yoshida o‘pka saratonidan vafot etdi. Mamlakat ko‘chalarida afsonaviy marshalni bir necha o‘n minglab poytaxt aholisi so‘nggi manzilga kuzatdi.

Li Il Sol ikki karra KXDR qahramoni va Mehnat qahramoni deb topilgan. Harbiy rahbar bir qator ordenlar, jumladan Kim Ir Sen ordeni, Kim Chen Ir ordeni, birinchi darajali Milliy bayroq hamda Ozodlik va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlangan.

U aksilyapon harakatida qatnashgan, Kim Ir Senning safdoshi bo‘lgan, shuningdek, KXDR qurolli kuchlarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar