Daryo

Charlie Hebdo gazetasida A321 ning Misrdagi halokati aks etgan karikatura chop etildi

Nashrning yangi sonida 224 kishini hayotdan olib ketgan fojia mavzusi birdaniga ikki suratda aks ettirilgan

1 daqiqa o‘qish15 026 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

Rossiyaning “Kogalimavia” kompaniyasiga tegishli A321 yo‘lovchi samolyotining Misrdagi halokati fransuz satirik gazetasi Charlie Hebdo karikaturasiga mavzu sifatida xizmat qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.

Foto: AP Photo

O‘zining provokatsion maqolalari bilan tanilgan nashrning yangi sonida 224 kishini hayotdan olib ketgan fojia mavzusi birdaniga ikki suratda aks ettirilgan.

Har ikkala karikatura Charlie Hebdo gazetasining shu haftadagi soni oxirgi sahifasida, “Siz qutulib qolgan muqovalar” rukni ostida joylashtirilgan. Gazeta ushbu bo‘limda odatda redaksiya xodimlari tomonidan gazeta muqovasi uchun taklif etilgan, biroq oxir-oqibatda rad etilgan suratlarni chop etadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar