Amerikaning Forbes jurnali ketma-ket uchinchi marta Rossiya prezidenti Vladimir Putinni dunyodagi eng nufuzli odam deb topdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.

Foto: “Rossiyskaya gazeta”

Foto: “Rossiyskaya gazeta”

Ushbu ro‘yxatning ikkinchi o‘rnidan Germaniya kansleri Angela Merkel joy oldi. U 2014-yilning reytingida 5-o‘rinni egallagan edi.

Avvalgi reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan AQSh prezidenti Barak Obama bu safar uchinchi o‘rindan joy oldi.

Reyting beshligida Rim papasi Fransisk va XXR raisi Si Szinpinni ham ko‘rish mumkin.

Jami reytingga 73 kishi kiritilgan. Forbes’ning ta’kidlashicha, bu yer sayyorasi aholisining bor-yo‘g‘i 0,00000001 foizini tashkil etsa-da, aynan ular “dunyoni boshqaradi”.