Daryo

Afg‘onistondagi zilzila aks-sadosi Novosibirskda sezildi

Hodisa guvohlaridan birining so‘zlariga qaraganda, kishilar taxminan 6-qavat balandligida yer qimirlashini sezgan

1 daqiqa o‘qish15 704 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Novosibirskdagi baland binolarning yuqori qavatlarida yashovchi yoki ishlovchi kishilar Afg‘onistonda sodir bo‘lgan kuchli zilzilaning aks-sadosini sezdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

“Haqiqatan ham kuchsizroq yer qimirlashi bo‘lib o‘tdi. Bu Afg‘oniston va Tojikiston chegarasida sodir bo‘lgan zilzilaning aks-sadosi edi. Ba’zi kishilar uni payqagan, biroq aholi qo‘ng‘iroqlarining soni unchalik ko‘p emas”, — deydi FVV hududiy bo‘linmasi vakili.

U hech qanday vayronagarchiliklar bo‘lmaganligi va hech kim jabrlanmaganligini ma’lum qildi. Evakuatsiya ham amalga oshirilmagan.

Hodisa guvohlaridan birining so‘zlariga qaraganda, kishilar taxminan 6-qavat balandligida yer qimirlashini sezgan.

Eslatib o‘tamiz, Hindikush tog‘larida 26-oktabr, dushanba kuni Afg‘oniston vaqti bilan 14:09 da 7,5 magnitudali zilzila yuz berdi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar