Daryo

Lionel Messi: Krishtianu Ronaldu bilan raqobatlashmayman

“Men kimnidir hayron qoldirish uchun futbol o‘ynamayman. Futbol menga yoqqani, bu mening kasbim bo‘lgani uchun maydonga chiqaman”, — dedi Messi

1 daqiqa o‘qish10 496 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Sports.ru”

“Barselona” futbol klubi hujumchisi Lionel Messi matbuot uchun katta intervyu berdi. U boshqa mavzular qatori “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan raqobati borasida ham fikrlarini bildirib o‘tgan. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Sports.ru”

Krishtianu Ronaldu bilan raqobat
Bu haqda odamlar gapirmoqda. Men Krishtianu Ronaldu bilan raqobatlashmayman. Shuningdek, u ham men bilan raqobatlashmayapti deb o‘ylayman. O‘z jamoamga yaxshi bo‘lishini istayman va buning uchun ishlayman.

Argentinalik muxlislar
Argentinalik muxlislarning aksariyati ehtirosli ekanini bilaman. Shuningdek, ular mamlakat sharafini himoya qilayotgan yulduzlarga nisbatan yaxshi munosabatda ekanidan ham xabarim bor. Ba’zi insonlar bizni haqorat qilayotgan va qadrlamayotgan bo‘lsa, men bunga ahamiyat qaratmayman. Boisi, har bir inson shaxsiy fikrga ega bo‘lishga haqli.

Foto: “Sports.ru”

Orzulari haqida
Men orzu qilmayman. O‘z oilam og‘ushida yashashni istayman. Mana shu men uchun orzusiz yashashdir. Albatta, mening orzu va umidlarim bor, ammo bular o‘ta shaxsiy masalalardir.

Futbol o‘ynashdan maqsadi
Men kimnidir hayron qoldirish uchun futbol o‘ynamayman. Futbol menga yoqqani uchun, bu mening kasbim bo‘lgani uchun maydonga chiqaman. Men qilayotgan ishni o‘g‘illarim tushunishlarini istardim.

Foto: “UznayVsyo”
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar