Daryo

Shveysariya Yozef Blatterga nisbatan tergov boshladi

Uni mas’uliyatsizlik va mol-mulkni noqonuniy o‘zlashtirib olishda ayblashmoqda

1 daqiqa o‘qish9 420 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Shveysariya FIFA rahbari Yozef Blatterga nisbatan jinoiy tergov boshladi, deya xabar bermoqda Meduza. Uni mas’uliyatsizlik va mol-mulkni noqonuniy o‘zlashtirib olishda ayblashmoqda.

Foto: Getty Images

Blatter federatsiya uchun foydasiz bo‘lgan teletranslyatsiya shartnomasini tuzishda gumon qilinmoqda. Shartnoma 2005-yilda KONKAKAFning o‘sha paytdagi rahbari Jek Uorner bilan imzolangan.

Bundan tashqari, FIFA prezidenti UEFA rahbari Mishel Platiniga noqonuniy pul o‘tkazganlikda shubha qilinmoqda. Bunda gap ikki million frank haqida bormoqda. Ushbu summani Blatter 2011-yilda to‘lagan.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar