Daryo

Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasidagi muzokaralar ketma-ket 2 kun 10 soatdan oshiq davom etdi

Muzokaralar mazmuni haqida ma’lumot berilmadi: oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tayotgan Tinchlik uyi eshiklari matbuot vakillari uchun yopiq

1 daqiqa o‘qish10 448 ko‘rishlar0 izoh0
Arxiv. Foto: AP

23-avgust, yakshanba kun Janubiy Koreya va KXDR vakillari o‘rtasida chegarada joylashgan Pxanmunjomda bo‘lib o‘tgan favqulodda muzokaralar 12 soatdan oshiq davom etdi, deb yozadi “TASS”. Bir kun avvalgidek, muzokaralar mazmuni haqida ma’lumot berilmadi: oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tayotgan Tinchlik uyi eshiklari matbuot vakillari uchun yopiq.

Arxiv. Foto: AP

Uchrashuv boshlanishidan bir necha soat avval Janubiy Koreya mudofaa vazirligi “KXDR so‘nggi kunlarda Koreya Respublikasi bilan chegarada artilleriya guruhi tarkibini kengaytirgani”ni, “Shimoliy Koreya suvosti kemalari esa o‘z bazalarini tark etgani”ni ma’lum qilgan edi. Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreyaning bir necha o‘nta submarinasi dengizga chiqqan. Shu tufayli Janubiy Koreya harbiy dengiz kuchlari kemaga qarshi guruhini kuchaytirib, o‘z suv hududida ularni qidirish ishlarini olib bormoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar