Daryo

Qozog‘istonda keksa odamdek ko‘rinuvchi 24 yoshli yigit uylandi

Nurjanga kamyob kasallik — pregoriya tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, bunda terining muddatidan oldin va ancha tez qarishi kuzatiladi

1 daqiqa o‘qish218 332 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: 365info.kz

Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi Mukur qishlog‘ida 7-avgust kuni keksa odamdek ko‘rinuvchi 24 yoshli Nurjan Urkeshbayev o‘z qaylig‘i Aysemgulga uylandi, deb xabar bermoqda “365info.kz”.

Foto: 365info.kz

Qayd etilishicha, to‘yga 300 ga yaqin mehmon kelgan. Kuyov to‘ylarda qo‘shiq kuylovchi xonanda, kelin esa mutaxassisligi bo‘yicha hisobchi ekanligi aytilgan.

“Tengrinews.kz” xabariga ko‘ra, Nurjanga kamyob kasallik — pregoriya tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, bunda terining muddatidan oldin va ancha tez qarishi kuzatiladi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar