Daryo

BMT tinchlikparvari ruandalik 4 harbiyni o‘ldirib, so‘ng o‘zini otib tashladi

Hodisa Markaziy Afrika Respublikasi poytaxti Bangi shahrida 8-avgust tongida, mahalliy vaqt bo‘yicha 5:45 atrofida yuz berdi.

1 daqiqa o‘qish7 682 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: vesti.az

BMTning Markaziy Afrika Respublikasida vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha vakili, Ruanda qurolli kuchlari xodimi tomonidan ruandalik to‘rt nafar harbiy xizmatchi o‘ldirildi. Yana sakkiz nafar harbiy yaralandi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.

Foto: vesti.az

Jinoyatni sodir etgandan so‘ng, u o‘zini otib o‘ldirdi. Hodisa Markaziy Afrika Respublikasi poytaxti Bangi shahrida 8-avgust tongida, mahalliy vaqt bilan 5:45 atrofida yuz berdi.

Ruanda qurolli kuchlari generali Jozef Nzabamvitaning ma’lum qilishicha, hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar