Daryo

Berluskoni “Milan”ning 48 foiz aksiyasini 480 million yevroga sotdi

Berluskoni 29 yildan buyon “Milan” klubining prezidenti hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish8 478 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoniga qarashli Fininvest kompaniyasi “Milan” futbol klubining 48 foiz aksiyasi tailandlik tadbirkor Bi Techaubolga sotilishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.

Foto: Bloomberg

480 million yevroga tuzilgan shartnoma 30-sentabrgacha rasmiylashtirilishi lozim. Berluskoni klub prezidenti lavozimini saqlab qoladi va aksiyalarning katta qismiga egalik qilishda davom etadi. Direktorlar kengashiga Berluskonining yetti, Techaubolning besh kishisi kiradi.

Ma’lumot uchun, Berluskoni 29 yildan buyon “Milan” klubining prezidenti hisoblanadi. Avvalroq, Techaubol kelajakda klub aksiyalarining 100 foizini sotib olishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar