Daryo

Ronaldu o‘z golini hisobga olmagan Benitesga qo‘pol javob qaytardi

“Real”ning portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning yangi bosh murabbiyi Rafael Benites bilan til topisha olmayapti

1 daqiqa o‘qish10 002 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: sport.es

Madridning “Real” klubi portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning yangi bosh murabbiyi Rafael Benites bilan til topisha olmayapti, deb yozadi “Championat.com”.

Foto: sport.es

Jumladan, Cuatro telekanali tomonidan e’lon qilingan videolavhada mashg‘ulot vaqtida Ronaldu o‘z golini hisobga olmagani uchun murabbiyga baqirgani ko‘rinib turadi. U portugal tilida aytgan “Vai Caralho!” so‘zlari haqorat ma’nosida bo‘lib, kimningdir o‘zini tutishidan norozi bo‘linganda va uning ishi xato deb hisoblanganda aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Benites Ronalduni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashi yoki hisoblamasligi haqidagi savolga u dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri ekanligini aytib javob bergan edi. Shuningdek, ushbu hafta boshida Ronaldu mashg‘ulotlarni muddatidan oldin tark etgan.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar