Daryo

O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari durang o‘ynadi

Jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv 25-iyul kuni “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi

2 daqiqa o‘qish8 060 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: the-uff.com

22-iyul kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari o‘rtasida nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: the-uff.com

Avval xabar berganimizdek, milliy terma jamoa murabbiylar shtabi yangilanganidan so‘ng o‘zining ilk yig‘inini o‘tkazmoqda. Ushbu yig‘in davomida ayni vaqtda Jalilov boshqarib borayotgan va o‘zining iyuldagi ikkinchi yig‘inini o‘tkazayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Ushbu uchrashuvlarning dastlabkisida g‘olib aniqlanmadi.

Faqatgina Oliy Ligada to‘p surayotgan futbolchilar jalb etilgan ushbu yig‘in doirasidagi dastlabki o‘yinda hisobni aynan Samvel Babayan shogirdlari ochgan edi. Birinchi taym oxirida olimpiya terma jamoasi himoyachilari qo‘pol o‘ynaganligi bois, Abror Karimov qo‘riqlayotgan darvoza tomon 11 metrlik jarima belgilandi. Uni Sergeyev aniq amalga oshirib, hisobda milliy terma jamoani oldinga olib chiqdi.

Biroq mamlakatning asosiy jamoasi ushbu g‘alabani ushlab qola olmadi. Uchrashuvning 75-daqiqasida Maksimilian Fomin Eldorbek Suyunov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilib, hisobdagi muvozanatni tikladi. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.

Jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv 25-iyul kuni “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi.
22.07.2015. “Jar” stadioni, Toshkent.

O‘zbekiston MTJ – O‘zbekiston OTJ 1:1 (1:0)
Gollar: I. Sergeyev (45) — M. Fomin (75)

O‘zbekiston MTJ: A. Lobanov, A. Merzlyakov, V. Kozak, A. Ismatullayev, D. Xoshimov, J. Xasanov, J. Sohibov, I. To‘xtaxo‘jayev, Sh. Karimov, T. Abduxoliqov, I. Sergeyev.
Zaxira: E. Suyunov, F. Sayfiyev, O. Hamrobekov, S. Andreyev, I. Shomurodov, Sh. Gadoyev, E. Shomurodov, B. Vahobov, A. To‘rayev.

O‘zbekiston OTJ: A. Abdumavlonov, M. Fomin, J. Mirabdullayev, A. Komilov, S. Rahmonov, O. Shukurov, J. Abdumo‘minov, D. Turopov, A. Maxstaliyev, Sh. Dostonov, J. Hakimov.
Zaxira: M. Ubaydullayev, D. Tursunov, S. Sobirxo‘jayev, M. Rajabov, D. Ismoilov, M. Muzaffarov, Q. Ro‘ziyev, S. Rekun, Z. O‘rinboyev, M. Bobojonov.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar