Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Misrlik taniqli aktyor Umar Sharif Qohirada 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Exo Moskvi” radiosi xabar bermoqda.

Foto: vokrug.tv

Foto: vokrug.tv

Keyingi bir necha yil davomida u Alsgeymer, ya’ni parishonxotirlik xastaligidan aziyat chekayotgandi. Aynan shu kasallik tufayli Umar Sharif rollar o‘ynashdan bosh tortgan va 2012-yilda aktyorlik karyerasini yakunlagan.

Aktyor ishtirokidagi 1962-yilda ekranlarga chiqqan “Arabistonlik Lourens” filmi “Oskar»ga da’vogar bo‘ldi va “Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi. Umar Sharif ikkinchi “Oltin globus”ni keltirgan “Doktor Jivago”, shuningdek, “Makkena oltini”, “Kulgili qizaloq”, “Rim imperiyasining qulashi” kabi 50 dan ziyod filmlarda o‘ynagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)