Daryo

Ukraina radikallari RFni Rossiya deb atashni taqiqlashni taklif qildi

Qonun loyihasiga berilgan izohda Rossiya va Rus hozirgi Ukraina joylashgan hududning tarixiy nomlanishi ekanligi aytiladi

1 daqiqa o‘qish9 286 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: chto-proishodit.ru

Ukraina Radikal partiyasidan deputat Oksana Korchinskaya Oliy Radaga Rossiya Federatsiyasini Rossiya deb atashni taqiqlovchi qonun loyihasini kiritdi, deya xabar bermoqda Meduza.

Foto: chto-proishodit.ru

Qonun loyihasiga berilgan izohda Rossiya va Rus hozirgi Ukraina joylashgan hududning tarixiy nomlanishi ekanligi aytiladi. Korchinskaya fikricha, Rossiya nomining RF sinonimi sifatida ishlatilishi Ukraina davlat suverenitetiga tajovuz qilish va “Ukraina fuqarolariga Ukraina davlatchiligining ‘vaqtinchalik’ ekanligini tajovuzkorona eslatish” hisoblanadi.

RFga muqobil nom sifatida deputat Moskoviya nomidan foydalanishni taklif qildi. Qonun loyihasida ushbu taqiqqa rioya qilmaslik holatlarida jarima qo‘llash ko‘zda tutilgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar