Daryo

Gretsiyadagi referendumning 70 foiz byulletenlari bo‘yicha natijalari ma’lum bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, referendumda saylovchilarning 65 foizi — 10 millionga yaqin kishi ishtirok etgan

1 daqiqa o‘qish7 840 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: ndtv.com

5-iyul kuni Gretsiyada xalqaro kreditorlar bilan shartnoma bo‘yicha o‘tkazilgan referendumning 70 foiz byulletenlari hisoblab chiqilgandagi natijalari ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Foto: ndtv.com

Asosiy xalqaro kreditorlar (Yevropa komissiyasi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Yevropa Markaziy banki) bilan moliyaviy yordam taqdim etilishi to‘g‘risidagi shartnoma Gretsiya tomonidan imzolanishiga qarshi ovozlar 61,50 foiz, bu yoqlangan ovozlar esa 38,50 foizni tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, referendumda saylovchilarning 65 foizi — 10 millionga yaqin kishi ishtirok etgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar