Daryo

Gus Xiddink Gollandiya terma jamoasidan iste’foga chiqdi

Bor-yo‘g‘i bir yil bosh murabbiylik lavozimida ishlagan Gus 1-iyul kunidan rasman ishdan ketadi

1 daqiqa o‘qish7 930 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: olamsport.com

Gus Xiddink Gollandiya Qirollik futbol ittifoqi bilan shartnomani bekor qildi va mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’fo berdi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.

Foto: olamsport.com

Bor-yo‘g‘i bir yil bosh murabbiylik lavozimida ishlagan Gus 1-iyul kunidan rasman ishdan ketadi.

Eslatib o‘tamiz, Xiddink 2014-yili yozda Lui van Galdan Gollandiya terma jamoasini qabul qilib olgan edi. Aynan van Gal qo‘l ostida jamoa Braziliyadagi jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘lgandi. Lekin hamkasbi kabi ijobiy natijalarni qayd etish Xiddinkka nasib etmadi.

Uning qo‘l ostida 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan Gollandiya bor-yo‘g‘i 4 ta o‘yinda g‘alaba qozondi. Ayni paytda gollandlar Yevro-2016 saralash guruh bosqichida peshqadam Islandiyadan 5 ochkoga ortda qolishyapti.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar