Serbiya hukumati 29 nafar politsiya xizmatchilari va 9 nafar bojxona xodimlarini hibsga oldi, ular korrupsiya va vakolatlarini suiiste’mol qilishda ayblanmoqda, deya xabar berdi “RIA Novosti”.
Qo‘lga olinganlarning barchasi Vengriya bilan chegaradagi Bachki Breg shahrida ishlagan.
Mamlakat ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, hibsga olinganlar guruhi so‘nggi 15 oy ichida qator jinoyatlarni amalga oshirgan, jumladan pora olgan va bergan hamda vakolatlarini suiiste’mol qilgan.
Gumonlanuvchilar mahsulotlarni yashirincha Yevroittifoq hududiga o‘tkazib, Serbiya va YeI o‘rtasidagi chegara rejimi qoidalarini buzgan.
Izoh (0)