Daryo

Fiat Chrysler kompaniyasi General Motors bilan birlashmoqchi

Markionne xedj-fond va boshqa potensial ittifoqdoshlardan General Motors’ni uning kompaniyasi bilan qo‘shilishga undashni so‘radi

1 daqiqa o‘qish9 272 ko‘rishlar0 izoh0
Serjio Markionne. Foto: AP

Fiat Chrysler Automobiles bosh direktori Serjio Markionne xedj-fond va boshqa potensial ittifoqdoshlardan General Motors’ni uning kompaniyasi bilan qo‘shilishga undashni so‘radi. Bu haqda vaziyatdan xabardor kishilar ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.

Serjio Markionne. Foto: AP

GM’ni may oyida 5 milliard dollarlik aksiyalarni sotib olishga undagan aktivist investorlarning muvaffaqiyatlari Markionneni ruhlantirdi.

Bundan tashqari, u shunga o‘xshash strategiyani kamida yana bir yevropalik ishlab chiqaruvchiga nisbatan qo‘llashi mumkin.

Markionne o‘zi boshqarayotgan konsern daromadli bo‘lishiga qaramay, ko‘p vaqtlardan buyon chiqimlarni kamaytirish uchun avtomobil sohasidagi birlashuvga da’vat qilib kelmoqda.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar