Daryo

“Barselona” – Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi

Bu “Barselona”ning turnir tarixidagi beshinchi g‘alabasiga aylandi. Shu sababli klub Chempionlar ligasi kubogini o‘zida umrbod olib qoladi

1 daqiqa o‘qish12 580 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter / Barcastuff

Yevropa Chempionlar ligasi finalidagi “Yuventus” hamda “Barselona” klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 3:1 hisobida kataloniyaliklar g‘alaba qozondi, deb xabar beradi “Uff.uz”.

Foto: Twitter / Barcastuff

Dastlab, Inyestaning uzatmasidan so‘ng Rakitich yaqin masofadan Buffonni dog‘da qoldirgan bo‘lsa, 55-daqiqaga kelib Morata javob golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limning 68-daqiqasida Suares “Barsa”ning tezkor hujumini gol bilan yakunlab, hisobni 1:2 ko‘rinishga olib keldi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa hujumga berilib ketgan turinliklarni Neymar gol bilan jazoladi va yakuniy natijani o‘rnatdi.

Shu tariqa, “Barselona” Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi!

Bu “Barselona”ning turnir tarixidagi beshinchi g‘alabasiga aylandi. Shu sababli klub Chempionlar ligasi kubogini o‘zida umrbod olib qoladi.

Jamoaning barcha muxlislarini mazkur muvaffaqiyat bilan chin dildan tabriklaymiz!

YeChL—2014/15. Final

Yuventus (Italiya) – Barselona (Ispaniya) 1:3 (0:1)
“Olimpiyashtadion”, Berlin.
Gollar: 0:1 – 4 Rakitich, 1:1 – 55 Morata, 1:2 – 68 Suares, 1:3 – 90+7 Neymar.
Yuventus – Buffon, Lixtshtayner, Bonuchchi, Barzali, Evra (Koman, 89), Markizio, Pirlo, Vidal (Pereyra, 79), Pogba, Morata (Lorente, 85), Teves.
Barselona – ter Stegen, Dani Alves, Buskets, Pike, Alba, Inyesta (Xavi, 78), Maskerano, Rakitich (Matyo, 90), Neymar, Messi, Suares (Pedro, 90).
Ogohlantirishlar: Vidal (11), Pogba (41), Suares (70).

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar