Daryo

Fransiyada Yosir Arofat o‘limi yuzasidan tergov yakunlandi

Falastin muxtoriyatining sobiq rahbari Yosir Arofat 2004-yil 11-noyabr kuni Parij yaqinidagi harbiy gospitalda vafot etgan

1 daqiqa o‘qish17 900 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: rg.ru

Fransiyada Falastin muxolifatining sobiq rahbari Yosir Arofat o‘limi yuzasidan tergov harakatlari yakunlandi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Foto: rg.ru

Qayd etilishicha, ish 30-aprel kuni prokuraturaga topshirilgan. Ekspertlar Yosir Arofat radioaktiv poloniydan zaharlangani haqidagi taxminni yana bir bor inkor etgan.

Avvalroq, Falastin tergov komissiyasi Yosir Arofatni zaharlashda gumonlanuvchining shaxsi aniqlanganini ma’lum qilgan, biroq uni oshkor qilishdan bosh tortgan.

Ma’lumot uchun, Falastin muxtoriyati, FATX harakati va Falastin ozodlik tashkilotining rahbari, Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan Yosir Arofat 2004-yil 11-noyabr kuni Parij yaqinidagi harbiy gospitalda vafot etgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar