Daryo

Ben-Gurion aeroportida yo‘lovchi “Boing”ining avariyaviy qo‘nishiga hozirlanishmoqda

Samolyot uchib ketgach, uchish-qo‘nish yo‘lagida aniqlangan samolyot shassisi bo‘laklari tufayli ekipaj Tel-Avivga qaytishga qaror qildi

1 daqiqa o‘qish7 630 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: commons.wikimedia.org

Tel-Avivdagi Ben-Gurion xalqaro aeroporti yer usti xizmatlari “Boing 737-800” yo‘lovchi samolyotining avariyaviy qo‘nishiga hozirlik ko‘rmoqda, deb yozadi “TASS”.

Foto: commons.wikimedia.org

Qator OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, bunda gap El Al kompaniyasining Toshkent vaqti bilan 9:20 da Pragaga uchib ketgan samolyoti haqida bormoqda. Bortdagi yo‘lovchilar soni 174 kishi deb baholanmoqda.

Samolyot uchib ketgach, uchish-qo‘nish yo‘lagida aniqlangan samolyot shassisi bo‘laklari tufayli ekipaj Tel-Avivga qaytishga qaror qildi. Havo bandargohiga o‘nlab tez yordam karetalari, qutqaruv xizmatlari otlanmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar