Daryo

“MTS” “Bir qadam oldinda” shiorini o‘zgartirdi

Vitse-prezidentning so‘zlariga ko‘ra, yangi strategiya joriy yilda reklama xarajatlarining oshishiga sabab bo‘lmaydi

1 daqiqa o‘qish102 784 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: onliner.by

Rossiyaning “Mobilniye TeleSistemi” (“MTS”) mobil aloqa operatori o‘zining “Bir qadam oldinda” (“Na shag vperedi”) shiorini “Sen uddalaysan” (“Ti smojesh”) ga o‘zgartirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: onliner.by

“Brend strategiyasidagi asosiy farq shundaki, shu paytgacha MTS reklamasi kompaniyaning texnologik yetakchiligiga urg‘u berardi. Endi biz birinchi navbatda o‘ziga ishonadigan insonlarga murojaat qilishni xohlaymiz, MTS esa ularga o‘z maqsadlarini amalga oshirishda yordam berishi mumkin”, − dedi kompaniyaning marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Vasil Latsanich.

“MTS”ning yangi marketing strategiyasi BBDO agentligi tomonidan ishlab chiqilgan, shartnoma qiymati ma’lum qilinmagan. Vitse-prezidentning so‘zlariga ko‘ra, yangi strategiya joriy yilda reklama xarajatlarining oshishiga sabab bo‘lmaydi. Uning ta’kidlashicha, “MTS” rekalamalarga taniqli insonlarni jalb etishni kamaytirib, oddiy insonlar ishtirokini ko‘paytiradi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar