Daryo

Saudiya Arabistoni Yamanda harbiy operatsiya boshladi

Yaman rasmiy hukumatini himoya qilish bo‘yicha jangovar operatsiyada yana to‘qqiz davlat, jumladan Quvayt, Bahrayn, BAA va Qatar qo‘shinlari ishtirok etmoqda

1 daqiqa o‘qish11 728 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Saudiya Arabistoni Qurolli kuchlari Yaman hududida o‘z kampaniyasini boshladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Foto: Reuters

“Operatsiya maqsadi qonuniy hukumatni himoya qilishga qaratilgan”, — dedi qirollikning Vashingtondagi elchisi Adel al Jubayr. U Yamandagi kampaniya aviazarbalar berishni o‘z ichiga olishini ta’kidladi.

Yaman rasmiy hukumatini himoya qilish bo‘yicha jangovar operatsiyada yana to‘qqiz davlat, jumladan Quvayt, Bahrayn, BAA va Qatar qo‘shinlari ishtirok etmoqda.

Yaman hududida ayni paytda shialarning isyonchi xusiylar guruhlari faoliyat olib bormoqda. Avvalroq Adan shahridagi prezident saroyi talon-taroj qilingani xabar berilgan edi. Prezidentning qayerda ekanligi noma’lum, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u mamlakatni qayiqda tark etgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar