Tailand poytaxti Bangkok shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnirning asosiy to‘r bahslari boshlandi. Ushbu musobaqada ikki nafar o‘zbekistonlik tennischi ishtirok etyapti, deb xabar berdi “Olamsport”.
Arina Fols saralash bahslarining ilk davrasida tailandlik Rada Manatavivatni ikki setda ham bir xil 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Ammo final raundida yaponiyalik Akiko Omaega 0:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib, asosiy to‘rga chiqa olmadi.
Endi asosiy to‘r bahslarida yagona vakilamiz Sabina Sharipova ishtirok etadi. Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Sharipova birinchi bosqichda britaniyalik Garriet Dartga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)