Daryo

Singapurning birinchi bosh vaziri Li Kuan Yuning ahvoli og‘irlashdi

Li Kuan Yu Singapur hukumati tepasiga 1959-yilda kelgan bo‘lib, davlatni 1990-yilgacha uzluksiz boshqargan

1 daqiqa o‘qish9 190 ko‘rishlar0 izoh0

Singapurning birinchi bosh vaziri – 91 yoshli Li Kuan Yuning ahvoli infeksiya kasalligi tufayli yanada og‘irlashdi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.

Foto: singapolitics.sg

Singapur davlatining asoschisi beshinchi fevral kuni o‘tkir zotiljam kasalligi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. Hozirda uning ahvoli shifokorlar tomonidan og‘ir deya baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Li Kuan Yu Singapur hukumati tepasiga 1959-yilda kelgan bo‘lib, davlatni 1990-yilgacha uzluksiz boshqargan. Aynan uning davrida Singapur qashshoq davlatlar qatoridan chiqib, dunyoning moliyaviy markazlaridan biriga aylangan, aholi turmush darajasi bo‘yicha esa yuqori uchlikdan joy olgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar