Daryo

Dunyodagi eng keksa ayol 117 yoshini nishonladi

Bayram asl tug‘ilgan kundan bir kun avval Osakadagi qariyalar uyida bo‘lib o‘tdi, hozir kampir aynan shu yerda yashaydi

1 daqiqa o‘qish10 952 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP

4-mart kuni Yaponiyada 1898-yil 5-martda tug‘ilgan Yerdagi eng keksa ayol Misao Okava sharafiga bayram tadbirlari o‘tkazildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: AP

Bayram asl tug‘ilgan kundan bir kun avval Osakadagi qariyalar uyida bo‘lib o‘tdi, hozir kampir aynan shu yerda yashaydi. Ayolning tug‘ilgan kunini bir kun avval nishonlashiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilinmayapti.

Qariyalar uyi xodimlari so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi oylarda Okavaning qulog‘i yaxshi eshitmay qolgan hamda sekinroq harakatlanadigan bo‘lgan, biroq hali aqli joyida.

Okavaning uch farzandi, to‘rt nevarasi va olti evarasi bor.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar