Daryo

AQSh fuqarosi Oq uyni portlatish va Obamani o‘ldirish bilan tahdid qildi

Prezidentga yo‘naltirilgan tahdidi uchun u 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

1 daqiqa o‘qish10 454 ko‘rishlar0 izoh0

AQShning Vayoming shtatida yashovchi mahalliy shifoxonaning ruhiy xasta bemori Oq uyni portlatish va Barak Obamani o‘ldirish bilan tahdid qilishda ayblandi. Bu haqda The Casper Star-Tribune xabar beradi

Foto: Reuters

OAV xabarlariga ko‘ra, Devid Dueyn Perri ismli kishi 24-yanvar kuni qutqaruv xizmati raqami 911 ga qo‘ng‘iroq qilgan va davlat rahbarini o‘ldirib, Oq uyni portlatmoqchi ekanligini xabar qilgan. Bundan tashqari, u tibbiy muassasadan chiqqanidan keyin, kasalxona xodimlarini ham o‘ldirishini aytgan.

Perri bilan suhbatlashgan operator yozib olingan telefon suhbatini maxsus xizmat xodimlariga topshirgan. Ular, o‘z navbatida, tergov boshlab, erkakni qo‘lga oldi. 2-fevral, dushanba kuni Vayoming shtati poytaxti Shayen shahrida sud bo‘lib o‘tdi va Perrini 45 kunga kasalxonaga qaytarish to‘g‘risida qaror chiqarildi. Prezidentga yo‘naltirilgan tahdidi uchun u 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Perri 1999-yilda ham bir qator og‘ir jinoyatlar sodir etgan. U o‘qotar qurol bilan hujum qilganligi tufayli sudlangan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar