31-yanvar kuni Avstraliyada futbol bo‘yicha Osiyo kubogi o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqada mezbonlar g‘alabasidan tashqari, stadionlarda kuzatishga loyiq qiziqarli insonlar va manzaralar ko‘p bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Komsomolskaya pravda”.
Avstraliya terma jamoasi Janubiy Koreya ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng tarixda birinchi bora Osiyo kubogi g‘olibiga aylandi. Ikki yildan so‘ng Avstraliya terma jamoasi Rossiyaga mintaqaviy chempionatlarda g‘alaba qozongan eng yaxshi jamoalar ishtirok etuvchi Konfederatsiyalar kubogi uchun tashrif buyuradi.
Bir necha yil avval Avstraliya boshqa mintaqa – Okeaniya kubogida ishtirok etar edi. Ammo juda ko‘p marta g‘alaba qozongani va jiddiy raqobat sezilmaganligi sababli, Avstraliya musobaqani o‘zgartirishga qaror qildi. 2011-yil final bosqichida avstraliyaliklar 0:1 hisobda Yaponiyaga g‘oliblikni boy bergan. Bu yil esa tarixda ilk bora Osiyo kubogi Yashil qit’ada bo‘lib o‘tdi va mezbonlar g‘alaba qildi.
Ammo turnir faqat o‘yin natijalari uchungina qiziq bo‘lib qolmadi. Avstraliya arenalarinig tribunalarida Osiyo qit’asining 16 mamlakatidan yorqin futbol ishqibozlari yig‘ildi. Ushbu ishqibozlarning har biri o‘ziga xos esda qolarli bo‘ldi. Biz sizga mazkur turnirning eng yaxshi tomoshabinlari aks etgan 25 suratni taqdim etamiz.
Avstraliyalik muxlislar xursand. Ularning jamoasi Okeaniya kubogida to‘rt marotaba g‘alaba qozongan, endi esa ilk marta Osiyoning eng yaxshi jamoasiga aylandi.
Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi muxlislari turnir natijalari bo‘yicha tantana qildi – 1996-yildan beri birinchi marta ularning jamoasi Osiyo kubogi medallaridan birining sohibiga aylandi. BAA Iroqqa qarshi uchinchi o‘rin uchun o‘yin davomida 1:2 hisobida yutqazib turib, yakunda 3:2 hisobda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Avstraliya terma jamoasini barcha yoshdagi muxlislar qo‘llab-quvvatladi.
Iroq bayrog‘iga aylangan muxlis.
Janubiy Koreya terma jamoasi muxlislari uchun quvonchli o‘tgan turnirning yakuni xayrli bo‘lmadi – Avstraliyaga qarshi final o‘yinida ularning jamoasi avvaliga asosiy vaqtning oxirgi daqiqasida hisobni tenglashtirdi, ammo qo‘shimcha bo‘limlar davomida 1:2 hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
O‘zbekistonlik muxlislar o‘z terma jamoalariga milliy bo‘yoqlar bilan muxlislik qildi.
Avstraliya terma jamoasi ishqibozlaridan biri Xitoy jamoasiga qarshi o‘yinda biroz “adashib qoldi” va raqiblar “uy”ini kezib chiqdi.
Iroq terma jamoasi muxlisi niqobidan bu jamoaning taxallusini tushunish mumkin. Norasmiy ravishda iroqliklarni “Mesopotamiya sherlari” deb ham nomlashadi. Ular hatto 2007-yilda Osiyo kubogi sohibi bo‘lgan.
Xitoylik muxlislar turnirning guruh bosqichida o‘z jamoasining uch g‘alabasiga guvoh bo‘ldi, ammo chorak finalda ularning jamoasi Avstraliyaga 0:2 hisobda yutqazdi.
2011-yilda O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi, ammo bu yil o‘sha muvaffaqiyat takrorlanmadi. Ular chorak finalda qo‘shimcha vaqt davomida Janubiy Koreyaga 0:2 hisobda imkoniyatni boy berdi. Ammo jamoani uzoq Avstraliyada ham faol qo‘llab-quvvatlanib turishdi.
Avstraliya terma jamoasi yonidan ularning bosh milliy ramzi – kenguru hech qayerga ketmadi.
Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda Xitoy terma jamoasi muxlislari raqibini qo‘rqitish uchun to‘liq qurollangan edi.
Rasman ayollarning futbolga borishi taqiqlangan davlat – Saudiya Arabistoni terma jamoasi muxlisalari esa ba’zida esdalik uchun o‘z terma jamoasi o‘yinlarini suratga oldi.
Iroq terma jamoasi muxlisalari yuzlarini milliy bayroqlari bilan berkitdi.
Uzoq Avstraliyada o‘zbekistonlik muxlislarni o‘z jamoasi ancha shodlantirdi – ularning sevimlilari chorak finalga qadar bordi.
Eron terma jamoasi muxlisalari qanchalik yaxshi bo‘lmasin, ularning jamoasi chorak finalda penaltilar seriyasida 6:7 hisobda Iroqdan mag‘lubiyatga uchragach, turnirni tark etdi.
Osiyo kubogi o‘yinlari davomida Eron muxlislari ovozi juda yaxshi eshitilib turdi.
Sumo kurashchilarisiz Yaponiya bo‘ladimi? Osiyo kubogida Yaponiya terma jamoasi o‘yini davomida ikki ishqiboz ko‘zga tashlanib turdi. Eslatib o‘tamiz, ularning jamoasi uzoqqa bormadi. Chorak finalda penaltilar seriyasiga ko‘ra Yaponiya terma jamoasi BAAga 4:5 hisobida yutqazdi.
Ba’zida keyingi asosiy uchrashuv oldidan “jangovar” ko‘rinishga kelish uchun bo‘yanib olishga to‘g‘ri keldi.
Ba’zan Kunchiqar mamlakat ramzi – quyoshga “aylanish” mumkin. Turnir davomida yaponiyalik ishqibozlar muxlislik qilishning qiziqarli turlarini ko‘rsatib berdi.