Daryo

OAVda Ronaldu va Irina Sheyk ajrashgani haqida xabar tarqaldi

Syurixda bo‘lib o‘tgan “Oltin to‘p”ni topshirish marosimida rossiyalik model qatnashmagan

1 daqiqa o‘qish39 992 ko‘rishlar0 izoh0

2014-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Madridning “Real” klubining portugaliyalik vakili rossiyalik model Irina Sheyk bilan ajrashgani haqida xabar tarqaldi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.

Krishtianu Ronaldu. Foto: Stadion.uz

Bunday mish-mishlar tarqalishiga rossiyalik modelning Syurixda bo‘lib o‘tgan “Oltin to‘p”ni topshirish marosimida qatnashmagani sabab bo‘lgan. Shuningdek, futbolchi o‘z nutqida Sheykni esga olmagan.

Qayd etilishicha, hozirda Sheyk dengiz kurortlaridan biridagi plyajda dam olmoqda. Buni u Instagram’ga qo‘ygan fotosuratlaridan bilishi mumkin, deyiladi xabarda.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar