AQSh prezidenti Barak Obamaning buvisiga Keniyadagi ona qishlog‘ida olib borgan gumanitar faoliyati uchun BMT mukofoti topshirildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
94 yoshli Sara Obama bolalarning maktabga tayyorlanishiga beg‘araz yordam berib kelgan. Uning yordamini olganlar orasida OITS bilan kasallanganlar, yetimlar, homilador o‘smir qizlar va ta’lim olishga imkoni bo‘lmagan boshqa bolalar bo‘lgan.
Sara AQSh prezidentining otasini bolaligida har kuni velosipedning orqa o‘rindig‘iga joylashtirib, to‘qqiz kilometrlik masofada joylashgan maktabga olib borib kelgani aytilgan.
Izoh (0)