Daryo

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan konsert vaqtida 14 kishi halok bo‘ldi

Oqibatda 25 kishi taxminan 20 metr balandlikdan yer ostidagi mashinalar turar joyiga tushib ketgan

1 daqiqa o‘qish12 248 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: twimg.com

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan pop-konsert vaqtida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Renxap”ga tayanib Agence France-Presse xabar bermoqda.

Foto: twimg.com

Tadbir Seulga yaqin joylashgan Sonnam (Seongnam) shahrida ochiq osmon ostida o‘tkazilgan. Konsert vaqtida to‘planganlarning og‘irligi hisobiga ventilyatsion panjara qulab tushgan. Oqibatda 25 kishi taxminan 20 metr balandlikdan yer ostidagi mashinalar qo‘yish joyiga tushib ketgan.

Voqea sababi hali aniqlanmagan. Mahalliy televideniye ma’lumotiga ko‘ra, konsertga to‘plangan muxlislarning aksariyat qismini talabalar tashkil etgan. Halokat ro‘y bergan vaqtda sahnada Osiyoda mashhur qizlar guruhi 4minute qo‘shiq kuylayotgan bo‘lgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar