Daryo

Himolay tog‘larida qorli bo‘ron tufayli 150 dan ortiq sayyoh yo‘qoldi

Nepal qutqaruv xizmati to‘rt kishi — ikki nafar polshalik, bir nafar Isroil fuqarosi va mahalliy yo‘l boshlovchi halok bo‘lganini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish11 266 ko‘rishlar0 izoh0

Himolay tog‘laridagi Annapurna cho‘qqisi hududida sodir bo‘lgan qorli bo‘ronda 152 nafar sayyoh daraksiz yo‘qoldi. Bu haqda Agence France-Presse xabar bermoqda.

Foto: wikimedia.org

Nepal qutqaruv xizmati to‘rt kishi — ikki nafar polshalik, bir nafar Isroil fuqarosi va mahalliy yo‘l boshlovchi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Dovul boshlanishidan avval Annapurna qiyaligida 168 nafar xorijlik sayyoh hamda bir nechta yo‘l boshchi va yuk tashuvchilar turgan edi. Qidiruv ekspeditsiyasi 13 kishini topdi, qolgan guruhlar bilan aloqa yo‘qoldi. Qutqaruvchilar havo yaxshilanishi bilan ularni qidirib topishga umid qilmoqda.

Har yili oktabr oyida minglab xorijlik sayyohlar Annapurna cho‘qqisini ko‘rishga keladi. Odatda, mazkur oyda Himolayda ob-havo yaxshi bo‘ladi, ammo 2014-yilda Xudxud sikloni tufayli mintaqaga to‘satdan qorli bo‘ron yog‘ildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar