Daryo

AQShda shifoxona xodimlarining yana birida Ebola virusi aniqlandi

Kasallik alomatlari shifoxona xodimida 14-oktabr kuni paydo bo‘ldi. Hozirgi paytda u Dallasdagi shifoxonalarning birida davolanmoqda

1 daqiqa o‘qish10 072 ko‘rishlar0 izoh0

Texaslik ikkinchi tibbiyot xodimi Ebola bezgagi bilan kasallandi. Virus bilan zararlangan amerikalik Tomas Erik Dunkan vafot etgan kasalxona xodimida virusning borligini aniqlovchi test ijobiy natija ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda Agence France-Presse.

Foto: diariofinanciero.com

Shtat sog‘liqni saqlash departamentining ma’lum qilishicha, kasallik alomatlari shifoxona xodimida 14-oktabr, seshanba kuni paydo bo‘ldi. Departament vakillari u so‘nggi paytlarda qaysi bemorlar bilan aloqada bo‘lganini aniqladi va ularni nazorat ostiga oldi.

Texas klinikasida virus yuqtirib olgan birinchi tibbiyot xodimi haqida 12-oktabrda ma’lum bo‘lgan edi. U kasallangan Dunkanni parvarish qilgan 26 yoshli hamshira Nina Fem bo‘lib chiqdi. Hozirgi paytda u Dallasdagi shifoxonalarning birida davolanmoqda. Shifokorlar uning ahvolini ijobiy baholamoqda.

8-oktabrda Dallasda 42 yoshli Tomas Erik Dunkan vafot etdi. U Ebola virusini Liberiyaga opasini ko‘rishga borgan safar davomida yuqtirib olgan.

Kasallanish holatlari AQSh va Yevropa mamlakatlarida ham aniqlangan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, jami 8,4 mingdan ortiq kishi kasallangan, to‘rt mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar