Daryo

Odessada birinchi bosqich talabasi o‘zini 10-qavatdan tashlab yubordi

Halok bo‘lgan 17 yoshli yigit — Mark Voloshin Fuqarolik va xo‘jalik adliyasi fakultetining birinchi bosqich talabasi Zaporojye viloyatidan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish12 698 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: trassae95.com

Odessa yuridik akademiyasining birinchi bosqich talabasi kecha o‘z joniga qasd qildi: soat 16:00 atrofida yigit akademiya asosiy korpusining 10-qavatidan o‘zini tashlab yubordi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uni vaqtidan oldin o‘z hayotini tugatishga nima majbur etganini aniqlamoqda. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.

Foto: trassae95.com

Oliy ta’lim muassasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, halok bo‘lgan 17 yoshli yigit — Mark Voloshin Fuqarolik va xo‘jalik adliyasi fakultetining birinchi bosqich talabasi Zaporojye viloyatidan bo‘lgan.

“Uning o‘quv mashg‘ulotlari soat 13:15 da fakultet korpusida tugagan. Uning asosiy binoda nima qilganligi noma’lum”, — deb ta’kidladi akademiyaning matbuot kotibi Galina Tedeluri. Uning qayd etishicha, ma’muriyat talabaning o‘qishdagi muammolari yoki do‘stlari bilan muloqotdagi qiyinchiliklari to‘g‘risida hech nima eshitmagan.

Talaba qo‘l yuvish xonasining oynasidan sakragan va qo‘shni binoning tomiga yiqilgan, deb xabar berdi militsiya xodimlari.

“Baxtsiz hodisa reyestrga kiritildi. U bilan Primorye tuman bo‘limi shug‘ullanmoqda. Yigitning o‘zi shunday qaror qabul qilgan va bunda hech kim aybdor emas”, — deb ta’kidladi Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining rahbari Tatyana Xmelnitskaya.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar