Daryo

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni o‘zgartirish imkoniyatini ko‘rib chiqadi

So‘nggi marta Yevropa Ittifoqi darajasida sanksiya masalasi 30-sentabrda a’zo davlatlar elchilarining yig‘ilishida ko‘tarilgan edi

1 daqiqa o‘qish10 374 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: zn.ua

Yevropa Ittifoqining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi rahbari Vigaudas Ushatskasning ma’lum qilishicha, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish imkoniyatini oktabr oxirida ko‘rib chiqadi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.

Foto: zn.ua

“Oyning oxiriga kelib sanksiyalar qayta ko‘rib chiqiladi. Mazkur masala vaziyatning yaxshilanishi, qo‘shinlarning chiqarilishi, chegara nazorati qay tarzda kechishi borasidagi ijobiy o‘zgarishlarga bog‘liq”, — deb ta’kidladi Ushatskas.

“Ushbu natijalar asosida sanksiyaning qisman yoki to‘liq olib tashlash imkoniyati mavjudligi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilamiz”, — deb qayd etdi u.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta Yevropa Ittifoqi darajasida sanksiya masalasi 30-sentabrda a’zo davlatlar elchilarining yig‘ilishida ko‘tarilgan edi. Unda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni o‘zgarishsiz qoldirish qarori qabul qilingan edi.

Rossiya Federatsiyasining Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni olib tashlashi uchun hech qanday mezonni bajarmasligini ma’lum qildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar