Daryo

Rossiya o‘z qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan qaytara boshladi

Biroq bu Rossiya dala lagerlarida tayyorlanayotgan jangchilarning nazorat qilinmayotgan chegara qismlari orqali Ukrainaga kirishiga to‘siq bo‘la olmaydi

1 daqiqa o‘qish11 650 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: ua-ru.info

Ukraina chegarasi yaqinidagi Rossiya Federatsiyasi qo‘shinlari bo‘linmalari o‘z lagerlarini ko‘chira boshladi. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi axborot-tahlil markazi spikeri Andrey Lisenkoga tayangan holda “Segodnya” xabar bermoqda.

Foto: ua-ru.info

“Bizdagi ma’lumotga ko‘ra, Ukrainaning davlat chegarasiga kelgan harbiy qismlar joyidan qo‘zg‘alib doimiy qarorgohiga qaytmoqda”, — deb qayd etdi Andrey Lisenko.

“Doimiy qo‘shinlarning Ukraina chegarasidan uzoqlashtirilishi ijobiy hol, biroq bu Rossiyadagi dala lagerlarida tayyorlanayotgan yollanma jangchilarning chegaraning nazorat qilinmayotgan qismlari orqali Ukraina hududiga o‘tkazilishiga to‘siq bo‘la olmaydi”, — deb ta’kidladi Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi axborot-tahlil markazi spikeri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Valeriy Geletey, Rossiyaning Donbassdan o‘z qo‘shinini olib chiqib ketayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar