Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

3-sentabrdan beri omma oldiga chiqmayotgan KXDR yetakchisi Kim Chen In paylarini shikastlab olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Shimoliy Koreya hukumatidagi manbasiga tayanib Reuters xabar berdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Uning aytishicha, Kim Chen In avgust oxiri — sentabr boshida o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida jarohat olgan. U ham harbiylar qatorida mashqlarda qatnashib, sudralgan, yugurgan, dumalagan va paylarini shikastlab olgan.

Manbaning ta’kidlashicha, KXDR yetakchisining ortiqcha vazni uning to‘pig‘i va tizzasidan jarohat olishiga imkon bergan. “Dastlab u oqsoqlanib yurdi, keyin esa ahvoli yomonlashdi”, — deya ta’kidladi manba. Uning aniqlik kiritishicha, qayta tiklanish uchun 100 kuncha talab etiladi. Shimoliy Koreya rahbari davlat ishlarini nazorati ostida ushlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 10-oktabr kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi tashkil etilganining 69 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan bayram tadbirlarida qatnashmadi.

Avvalroq Kim Chen In sentabr oyida og‘ir operatsiyani boshidan kechirgani haqida xabar berilgan edi.

25-sentabr kuni 3 haftadan buyon ommaga ko‘rinmagan Kim Chen In KXDR oliy xalq kengashining navbatdagi sessiyasida qatnashmagani xabar qilingan edi. Shu kuni KXDR televideniyesida Kim Chen Inning oqsoqlanayotgani ko‘rsatilgan bo‘lib, yetakchining sog‘lig‘i joyida emasligi ham aytilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi