Daryo

Ronaldu Ispaniya Superkubogi javob uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin

Futbolchi birinchi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida mushaklaridagi muammolar tufayli almashtirilgan edi. Jarohatning jiddiyligi hozirga qadar aniqlanmagan

1 daqiqa o‘qish10 620 ko‘rishlar0 izoh0

“Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning Ispaniya superkubogi uchun “Atletiko”ga qarshi javob uchrashuvida ishtirok etishi so‘roq ostida turibdi. Bu haqda Stadion.uz ma’lum qildi.

Ronaldu. Foto: vk.com

Portugaliyalik futbolchi birinchi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida mushaklaridagi muammolar tufayli almashtirilgan edi. Jarohatning jiddiyligi hozirga qadar aniqlanmagan.

Marca’ning qayd etishicha, Ronaldu jamoasining 20-avgustdagi mashg‘ulotida ishtirok etmagan. U tibbiy testlardan o‘tish bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar