Daryo

Krishtianu Ronalduning 20 ta avtomobili bilan tanishing

29 yoshli futbolchining kolleksiyasida taxminan 20 ta avtomobil yig‘ilib qolgan

3 daqiqa o‘qish112 319 ko‘rishlar0 izoh0
Mercedes-Benz C-Class Sport Coupe 2004. Foto: championat.com

Madridning “Real” klubi futbolchisi Ronaldu shaxsiy garaj ochsa ham bo‘laveradi: 29 yoshli o‘yinchining kolleksiyasida taxminan 20 ta avtomobil yig‘ilib qoldi, deb xabar bermoqda Championat.com.

Mercedes-Benz C-Class Sport Coupe 2004

Mercedes-Benz C-Class Sport Coupe 2004. Foto: championat.com

Futbolchi kolleksiyasidagi birinchi avtomobil 2004-yilda — uning 19 yoshlik chog‘ida 23 ming yevroga sotib olingan. Bunga qadar Ronaldu “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzolashga va Portugaliya termasi tarkibida muvaffaqiyatlarga erishishga ulgurgan edi.

Mercedes-Benz C220 CDI 2004

Mercedes-Benz C220 CDI 2004. Foto: championat com

O‘sha yilning o‘zidayoq futbolchi navbatdagi “Mersedes”ni 29 ming yevroga sotib oldi.

BMW M6 2006

BMW M6 2006. Foto: championat.com

2008-yilda 94 ming yevroga xarid qilingan.

Bentley Continental GTC 2007

Bentley Continental GTC 2007. Foto: championat.com

“Lyuks” sinfidagi qimmatbaho avtomobilni Krishtianu 2009-yilgacha ishlatgan, keyin o‘ziga 170 ming yevroga tushgan mashinani 115 ming yevroga pullagan.

2007 Porsche Cayenne

2007 Porsche Cayenne. Foto: championat.com

Futbolchining uncha qimmat bo‘lmagan va unchalik eksklyuziv ham bo‘lmagan mashinasi unga “atigi” 80 ming yevroga tushgan.

Ferrari 599 GTB Fiorano 2008

Ferrari 599 GTB Fiorano 2008. Foto: championat.com

Qizil “sportkar”ni Ronaldu Chempionlar Ligasining Moskvadagi finalidan ko‘p o‘tmay xarid qilgan. Biroq yarim yildan keyin uni Manchesterdagi tunnellardan birida urib olgan. So‘ng yana xuddi shunaqasidan sotib olgan. Ularning har ikkalasi ham 360 ming funt sterlingga baholanmoqda.

Audi Q7 de 2008

Audi Q7 de 2008. Foto: championat.com

Kolleksiyasidagi eng katta avtomobillardan biri bo‘lgan ushbu Audi’da Ronaldu 2008-yilgi “Oltin to‘p” marosimiga borgan.

Ferrari F430 de 2008

Ferrari F430 de 2008. Foto: championat.com

O‘sha yili Ronaldu Ferrari markasidagi ikkinchi avtomobilini 217 ming yevroga xarid qildi.

Bentley Continental GT Speed de 2009

Bentley Continental GT Speed de 2009. Foto: championat.com

2009-yilda navbatdagi Bentley uchun futbolchi 159 ming yevro sarfladi.

Porsche 911 Carrera S Cabriolet de 2009

Porsche 911 Carrera S Cabriolet de 2009. Foto: championat.com

Futbolchi “Manchester Yunayted”dan “Real”ga o‘tgach ushbu kabrioletni sotib olgan.

Aston Martin DB9

Aston Martin DB9. Foto: championat.com

Aston Martin uchun sarflagan 135 ming yevroni Ronaldu taxminan bir haftada ishlab topgan.

Koenigsegg CCX 11, 2009

Koenigsegg CCX 11, 2009. Foto: championat.com

Soatiga 402 kilometrga “yuguruvchi” “sportkar”ni Ronaldu 391 ming yevroga xarid qilgan.

Audi R8 2009, Audi RS6, Audi RS6 Avant 2014

Audi R8. Foto: championat.com
Foto: championat.com

Madridning “Real” klubi va Audi o‘rtasida shartnoma imzolanganini hisobga olsak, Krishtianu Ronalduning kolleksiyasi ushbu marka avtomobillari bilan tez-tez to‘lib turishi hayratlanarli emas.

Maserati GranCabrio 2011

Maserati GranCabrio 2011. Foto: championat.com

Mazkur avtomobil futbolchiga naq 150 ming yevroga tushgan.

Bugatti Veyron

Bugatti Veyron. Foto: championat.com

2008-yilda Ronaldu ushbu modeldagi avtomobil bilan reklamada suratga tushgan, biroz vaqt o‘tib, u futbolchining garajidan o‘rin olgan.

Ferrari 599 GTO 2011

Ferrari 599 GTO 2011. Foto: championat.com

Ferrari’ning cheklangan adadda chiqarilgan modellaridan biri darhol Krishtianuning kolleksiyasida paydo bo‘lgan.

Rolls-Royce Phantom Drophead Coupe

Rolls-Royce Phantom Drophead Coupe. Foto: championat.com

Devid Bekhemga havas qilib, Ronaldu ham tez orada 410 ming yevroga bunday avtomobilni xarid qildi.

Lamborghini Aventador LP 700-4, 2012

Lamborghini Aventador LP 700-4. Foto: championat.com

O‘zining 27 yoshiga Ronaldu qora rangli sport avtomobilini sotib olgan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar