Xitoyning Sichuan provinsiyasidan dunyodagi eng katta uchar hasharot topildi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar berdi.

Tish va qisqichlari ham uzun bo‘lgan mazkur hasharotning kattaligi qanotlarini yoyganda 21 santimetrga teng keladi.

G‘arbiy Xitoydagi Hasharotlar muzeyi mutaxassislari tomonidan o‘rganilgan mazkur hasharot koridalidlar oilasiga mansub ekani aniqlandi. Koridalidlar esa, o‘z navbatida, Xitoy, Vyetnam va Hindistonda uchrovchi katta qanotli hasharotlar toifasiga kiradi.

Ma’lumot uchun, bunga qadar Janubiy Amerikada uchrovchi 19,1 santimetrlik ninachi dunyodagi eng katta hasharoti hisoblanar edi.








