So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12183.01
    • RUB 126.26
    • EUR 12865.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    “Umra—2014” bahor mavsumi yakunlandi

    07.05.2014, 12:42 7261

    2014-yilning 5-may kuni bahorgi Umra safariga borgan 171 nafar ziyoratchidan iborat so‘nggi guruh O‘zbekistonga qaytib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rasmiy sayti xabar berdi.

    Foto: hajjreisen-ats.de

    Foto: hajjreisen-ats.de

    Bahorgi umra ziyoratini 5 900 dan ziyod o‘zbekistonlik (Toshkent–Jidda–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 31 ta reysda) ado etdi.

    15-fevral kunidan 5-may kuniga qadar o‘zbekistonlik ziyoratchilarning Saudiya Arabistoni Podshohligiga umra safarlari tashkil etildi.Kuzatish va kutib olish tadbirlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda tegishli mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorligida amalga oshirildi.

    Saudiya Arabistonida havo haroratining yuqori darajada bo‘lishini inobatga olib, shifokorlar guruhi tomonidan ziyoratchilarning salomatligini saqlash maqsadida eslatma-tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.

    Ziyorat 10 kunni (Madinada 3 kun, Makkada 6 kun, Jiddada 1 kun) tashkil etdi. Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik sakkiz nafar ishchi guruhi, 28 nafar shifokor va to‘rt nafar oshpaz xizmat ko‘rsatdi. Ziyoratchilarimizning 3 mahal ovqatlanishlari uchun qulayliklar yaratish maqsadida mehmonxonalarda oshxonalar tashkil etildi. Mehmonxonada kichik shifoxona faoliyat ko‘rsatdi.

    Ishchi guruhi tomonidan ziyoratchilarni Haramga olib borish uchun avtobus harakati, adashganlarni topish uchun maxsus qidiruv guruhi, shuningdek, mehmonxonalarda uzluksiz navbatchilik tashkil etildi.

    O‘zbekistonlik ziyoratchilar Madina shahrida Masjidi Nabaviy bilan yonma-yon joylashgan “Mavadda Nur” mehmonxonasi hamda Makka shahrida Haramdan 900 metr uzoqlikdagi “Nama Mavadda” mehmonxonalarida istiqomat qildi.

    Ziyoratchilar uchun Saudiyadagi mehmonxonalarda sun’iy yo‘ldosh orqali O‘zbekiston televideniyesi dasturlarini tomosha qilish, Vatanimizda bo‘layotgan voqealardan xabardor bo‘lish imkoniyati yaratildi.

    Eslatib o‘tamiz, bahorgi Umra mavsumi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq tuzilgan “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashining qarorlari va tavsiyalari asosida amalga oshirildi.

    Joriy yilning 7-iyulidan 29-iyul kuniga qadar “Umra—2014” Ramazon oyi mavsumi tashkil etiladi. Unda 663 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchining safarlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

     

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstraliyada selfi tushayotgan qiz 50 metrlik qoyadan tushib ketdi

    Bugun, 20:25

    Uzum ekotizimi Inha universitetining hamkoriga aylandi

    Bugun, 19:30

    AQSHda 28 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Bugun, 20:10

    Sergelidagi portlashda zararlangan tovarlarga bojxona to‘lovi undiriladimi?

    Bugun, 19:52

    Moldovadagi ko‘lda raketa qoldiqlari topildi (foto)

    Bugun, 19:47

    Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi oldida terakt: O‘zbekistonlik xudkushga hukm o‘qildi

    Bugun, 19:31

    “Tushlar Vodiysi” kurort majmuasi savdo ofisining ochilishi

    Bugun, 18:00
    Reklama

    Investitsiya vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

    Bugun, 19:14

    “Hayot sinovlarida toblandim”. Mag‘lubiyat sabab raqsdan ketgan va oilaviy zo‘ravonlikka uchragan Milena Madmusayeva 35 yoshda (foto, video)

    Bugun, 18:58

    Sergelidagi portlash: 15 yoshli bola vafot etdi, minglab xonadonlar zararlandi (foto, video)

    Bugun, 18:37

    Sergelidagi portlash omborxona hududidagi yong‘indan keyin sodir bo‘lgan (video)

    Bugun, 18:30

    “Aslida vaziyat juda jiddiy” — To‘qayev Ukrainadagi urush haqida

    Bugun, 18:22

    Tavsiya etamiz

    Sergelidagi portlash: 15 yoshli bola vafot etdi, minglab xonadonlar zararlandi (foto, video)

    18:00 / 28.09.2023

    Pedagogika kollejining 9 yil avval yo‘qolgan talabalari, to‘ydagi yong‘inda halok bo‘lganlar, daryo qirg‘og‘iga kelib qolgan sport binosi — 27-sentabr suratlari

    23:00 / 27.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: sudlanuvchi suddagi ko‘rsatmasini 65 nafar bolaning yaqinlariga ta’ziya izhor etish bilan boshladi. Bu holat sudda ilgari kuzatilmagandi

    15:00 / 27.09.2023

    “Faqat bitta taklif tushgan” — mas’ullar “Antistrumin” dori vositasi xaridi bo‘yicha izoh berdi

    14:00 / 27.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?

    14:00 / 27.09.2023

    Instagram: O‘g‘lini uylantirgan Ulug‘bek Otajonov, Sherali Jo‘rayev haqqiga duo qilgan Botir Qodirov, turkiyalik oshpazga Mercedes sovg‘a qilgan o‘zbekistonlik

    22:00 / 27.09.2023

    Shimoliy Koreyaga qochib ketgan amerikalik harbiy taqdiri ma’lum qilindi 

    20:00 / 27.09.2023

    Farhod Mannopov vafoti yuzasidan ikki kishiga ayb e’lon qilindi

    17:00 / 27.09.2023

    Rayhonning “Humo Arena”dagi konserti qoldirildi. Tashkilotchilar chiptalar sust sotilgani tufayli uni bekor qilishga majbur bo‘lganini aytmoqda 

    11:00 / 27.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.