Qarshi shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi “Fyuchers” hamda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimiga kiruvchi xotin-qizlar xalqaro turnirlari yakunlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi xalqaro tennis turnirining juftlik bahslarida o‘zbekistonlik Albina Xabibulina ukrainalik Anastasiya Vasileva bilan hamkorlikda o‘ynab, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi raqamda saralangan mazkur juftlik finalda rossiyalik tennischilar Yekaterina Bichkova va Veronika Kudermetova ustidan 2:6, 7:5, 10:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Yakkalik bahslari chexiyalik Tereza Smitkovaning g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Fyuchers” turnirining yakkaliklar bahsida rossiyalik Roman Safiullin g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, juftliklar o‘rtasida polshalik Petr Gadomskiy va Adam Majrovich bosh sovringa sazovor bo‘ldi.
Ushbu musobaqalarda o‘zbekistonliklar bilan birga Belarus, Buyuk Britaniya, Venesuela, Gollandiya, Gretsiya, Irlandiya, Polsha, Ruminiya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Hindiston kabi davlatlardan kelgan tennischilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Izoh (0)