Daryo

“Kosmonavt” danakdan ungan sakura muddatidan olti yil avval gulladi

Sakura danagi sakkiz yil davomida Xalqaro kosmik stansiya bortida bo‘lgan. Bu davr mobaynida u Yer atrofida 4100 marta aylanib chiqqan

1 daqiqa o‘qish13 704 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: japan-reporter.ru

Yaponiyada sakura daraxti muddatidan olti yil ilgari gulladi. U uzoq vaqt kosmosda bo‘lib kelgan danakdan o‘stirilgan edi, deb yozadi The Japan Times.

Foto: japan-reporter.ru

Sakura danagi sakkiz yil davomida Xalqaro kosmik stansiya bortida bo‘lgan. Bu davr mobaynida u Yer atrofida 4100 marta aylanib chiqqan.

Fazodan qaytgan danakni bundan to‘rt yil avval Gifu prefekturasidagi buddistlar ibodatxonasi hududiga ekishgan edi. Joriy yilning aprelida sakuraning bo‘yi to‘rt metrga yaqinlashib qoldi va u kutilmaganda gulladi. Odatda bu jarayon 10 yilga yaqin vaqt talab etar edi.

“Bu daraxtning danaklaridan hech qachon nihol unib chiqmagan. Biz juda xursandmiz, chunki bu juda qadimiy daraxt, u salkam 1250 yoshda”, – deydi ibodatxona ruhoniylaridan biri.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar