Daryo

Yaponiyadagi fermada parranda grippiga uchraganligi sababli 110 ming tovuq yo‘q qilinadi

Prefektura hokimiyati ferma atrofida uch kilometrlik karantin hududi tashkil etgan. U yerdan har qanday mahsulot olib chiqish taqiqlangan

1 daqiqa o‘qish24 748 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: itar-tass.com

Yaponiyaning Kumamoto prefekturasi hokimiyati 110 mingdan oshiq tovuqni yo‘q qilmoqchi. Bunga mahalliy fermalardan birida parranda grippi aniqlanganligi sabab bo‘ldi, deb yozadi “ITAR-TASS”.

Foto: itar-tass.com

Xavfli virus Taragi posyolkasidagi parranda fermasida uchragan. Ferma xodimlari u yerda 270 dan oshiq tovuq o‘lganligini aniqlashgan. Veterinar tekshiruvining ko‘rsatishicha, ular parranda grippidan o‘lgan.

Shu sababli prefektura hokimiyati ferma atrofida uch kilometrlik karantin hududi tashkil etgan. U yerdan har qanday mahsulot olib chiqish taqiqlangan.

Yaponiyada parranda grippi aniqlanishi yil boshidan buyon uchragan birinchi holatdir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar