Daryo

Rossiya Ukrainaning janubi-sharqiy viloyatlarini qo‘shib olmoqchi emasligini ma’lum qildi

Rossiya tashqi ishlar vazirining fikricha, Ukraina hukumati bilan xalqi orasida o‘zaro muloqot boshlanishi Rossiya uchun muhimroqdir

1 daqiqa o‘qish17 454 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: inukr.net

Rossiya Federatsiyasi o‘z tarkibiga Ukrainaning janubi-sharqiy viloyatlarini qo‘shib olish niyatida emas, chunki bu mamlakat manfaatlariga ziddir. Buni 11-aprel kuni “Rossiya 1” telekanali efirida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

Foto: inukr.net

Bunda vazir Ukraina hukumati hududlarga ko‘proq vakolat berish haqidagi va boshqa, xususan, konstitutsion islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi va’dalarini bajarishiga umid bildirdi.

Shuningdek, Lavrov Ukrainaning bu viloyatlarida Rossiyaning josuslari va harbiylari mavjudligi haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi, deb yozadi “Interfaks” axborot agentligi.

Bundan tashqari, tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni kiritish zarurati yo‘q, deb hisoblaydi. “Tinchlikparvar kuchlarni kiritish, BMT Xavfsizlik kengashining qandaydir qarorlari haqida so‘z borishi kerak emas, deb o‘ylayman”, – deya ta’kidladi Lavrov. Uning fikricha, Ukraina hukumati bilan xalqi orasida o‘zaro muloqot boshlanishi Rossiya uchun muhimroqdir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar